Spread the love

Abbosbek Sattarov 1996-yili Norin tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2019-yili Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2019-yilda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashida matbuot xizmati mutaxassisi sifatida boshlagan.

2020-yildan buyon Namangan shahar hokimligi matbuot kotibi, Yangi Namangan tumani hokimligining Axborot xizmati rahbari, ayni tumanning AKT mutaxsassisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot kotibi kabi lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.

Abbosbek Sattarov tayinlovga qadar «Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filialining matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov Namangan shahar hokimining tegishli farmoyishi bilan amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, hokimning matbuot kotibi axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida lavozim va maqom jihatidan hokim o‘rinbosari darajasiga tenglashtiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Barcha huquqlar himoyalangan © 2025 | Sayt yaratuvchisi: Oqilxon Tillaxonov