Spread the love

Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hususan, Uchqo‘rg‘on tumanida eko turizm, agroturizm va gastronomik turizm sohalari bilan bir qator yangi interaktiv loyihalar ishga tushirilmoqda. 13 aprel kuni tumanga kelgan sayyohlar diqqatga sazovvor joylar bilan tanishdilar:

Nodira ko‘chasidagi Lolazorda tabiatning noyob go‘zalligida o‘ziga xos muhitida sayl qilishdan bahramand bo‘lishdi.
Namanganda turizmning yangi lokatsiyalari: Uchqo‘rg‘on tumanida interaktiv sayohatlar
Uztex korxonasining ish faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumot oldilar.
Namanganda turizmning yangi lokatsiyalari: Uchqo‘rg‘on tumanida interaktiv sayohatlar
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy tendensiyalar namoyon bo‘lgan qulupnay va Golibika plantatsiyalarida uyg‘unlik va tabiat bilan bog‘liq sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Namanganda turizmning yangi lokatsiyalari: Uchqo‘rg‘on tumanida interaktiv sayohatlar
Maxalliy oshxona mazali forel tushliklari bilan mehmonlar qalbini eritdi. Shu bilan birga, Norin darosi va Katta Farg‘ona kanali hududining go‘zal tabiati mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Namanganda turizmning yangi lokatsiyalari: Uchqo‘rg‘on tumanida interaktiv sayohatlar
Diametri 30 metr bo‘lgan havo shariga chiqish turistlarga o‘zgacha adrenalin va turizmning yangi qirralarini yangidan his qilish imkoniyatini berdi.Namanganda turizmning yangi lokatsiyalari: Uchqo‘rg‘on tumanida interaktiv sayohatlar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Barcha huquqlar himoyalangan © 2025 | Sayt yaratuvchisi: Oqilxon Tillaxonov