Spread the love

Bugun Davlatobod tumani, «Yangi Namangan shaharchasi» markaziy ko‘chasida “Eco – Save Aral-2025” hamda “Inson uchun” shiori ostida keng ko‘lamli xalqaro xayriya va ekologik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Bojxona, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalari hamda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari “Talaba-yugur”, umumta’lim maktablari o‘quvchilari “O‘quvchi-yugur”, harbiy xizmatchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan keng aholi qatlamlari ommaviy marafonda faol ishtirok etdilar.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan ushbu sport va xayriya tadbirida 9000 nafardan ortiq sportsevarlar qatnashdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ayniqsa, yosh ishtirokchilarning shijoati, nogironligi bo‘lgan shaxslarning iroda namunasi va yoshi ulug‘ insonlarning faol ishtiroki barchaga kuch-g‘ayrat, ilhom bag‘ishladi.

Bu kabi ommaviy sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni, balki ekologik madaniyatni oshirishda, aholining birligi va ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Barcha huquqlar himoyalangan © 2025 | Sayt yaratuvchisi: Oqilxon Tillaxonov