U 1990-yil 16-dekabrda Namangan viloyati, Uychi tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Namangan davlat universitetini (boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishlar yo‘nalishi), 2025-yilda Namangan davlat pedagogika universitetini (pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagog-tadqiqotchi) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini jurnalistika sohasida boshlagan bo‘lib, “Xalq irodasi” gazetasi muxbiri, Namangan viloyat teleradiokompaniyasi boshlovchisi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik ta’lim tizimida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar Abdullayeva Adiba Shokirjon qizi Namangan Shahar 88-sonli umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimda faoliyat olib borgan.