Spread the love

Sohiba Shukurjanova 1993 yilda Chust tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Namangan davlat universitetining Huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida u Namangan shahar Yuridik kollejida huquq fani o‘qituvchisi, Namangan shahar 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati transport boshqarmasida murojaatlar va xatlar bilan ishlash sektori bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Davlatobod tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Sohiba Shukurjanovani yangi lavozim bilan tabriklab, unga mas’uliyatli faoliyatida yutuqlar va omadlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Barcha huquqlar himoyalangan © 2025 | Sayt yaratuvchisi: Oqilxon Tillaxonov